Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Pavarning turmush o‘rtog‘i uyiga qilingan o‘g‘irlikning oldini oldi

Pavarning turmush o‘rtog‘i uyiga qilingan o‘g‘irlikning oldini oldi

Baho:
+ | -

Hayotda sodir bo‘lgan tushkun voqea baxtli yakun topdi: Benjamen Pavarning turmush o‘rtog‘i Kleofina Pnishi Marseldagi o‘z uylariga qilingan o‘g‘irlik urinishining oldini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Uyga qaytgan ayol bino yaqinida shubhali harakat qilayotgan va yomon niyatda ekani ko‘rinib turgan kamida besh kishini payqab qoldi. Kleofina tezda uyga kirib, eshikni qulflashga va polisiyani chaqirishga ulgurdi.

Jinoyatchilar qochishga urinishdi, ammo kech qolishdi — polisiya tezkorlik bilan yetib keldi va ular yashirinmoqchi bo‘lgan «Mercedes» rusumli avtomobilni to‘xtatdi. Fransuz nashri Le Parisien xabar berishicha, 25-26 yoshlardagi barcha jinoyatchilar hozirda hibsga olingan.

Kiritildi: 08:44, 23.05.2026.
O'qildi: 424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик