Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fransiya futbol federasiyasi JCH-2026 oldidan futbolchilardan bonuslarni kamaytirishni so‘ramoqda

Fransiya futbol federasiyasi JCH-2026 oldidan futbolchilardan bonuslarni kamaytirishni so‘ramoqda

Baho:
+ | -

Fransiya futbol federasiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo JCH-2026 oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari boshlanishida terma jamoa futbolchilari bilan uchrashdi. L'Equipe xabariga ko‘ra, u o‘yinchilardan jahon chempionatida ishtirok etganlik uchun beriladigan bonuslarni kamaytirishga rozi bo‘lishlarini so‘ragan.

Manbaning ma’lum qilishicha, FFF bunday choralarga qo‘l urdi, chunki FIFA tomonidan ajratiladigan mukofot pullari hozircha kutilgan miqdorda emas, dollar kursining yevroga nisbatan noqulayligi, shuningdek, musobaqa bilan bog‘liq xarajatlarning juda yuqoriligi sababli federasiya byudjetni tejashga majbur bo‘lmoqda.

Nike kompaniyasi bilan tuzilgan 100 million yevrolik rekord darajadagi shartnomaga qaramay, Fransiya futbol federasiyasi bir necha oydan buyon barcha milliy terma jamoalar kesimida xarajatlarni qisqartirishga harakat qilmoqda.

Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan. Fransiya terma jamoasi JCH-2026 ga tayyorgarlik ko‘rish uchun 28 may kuni Klerfontenda yig‘iladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya termalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 09:16, 23.05.2026.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик