Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Panatinaikos» 7 oyda Rafael Benites bilan xayrlashdi

«Panatinaikos» 7 oyda Rafael Benites bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Panatinaikos» klubi o‘z rasmiy sayti orqali bosh murabbiy Rafael Benites bilan hamkorlik tugatilganini e’lon qildi. 66 yoshli ispaniyalik mutaxassis gresiyalik jamoani o‘tgan yilning oktyabr oyi oxiridan beri boshqarib kelayotgan edi.

«Ispaniyalik murabbiy va uning shtabiga klubdagi faoliyati davomida ko‘rsatgan professionalizmi va o‘z prinsiplari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Rafael Benitesga kelgusi kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Benites boshqaruvida jamoa barcha musobaqalarda jami 41 ta o‘yin o‘tkazdi: 20 ta g‘alaba, 11 ta durang va 10 ta mag‘lubiyat.

Gresiya chempionatining asosiy bosqichida «Panatinaikos» 49 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni egallagandi. Ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra ham jamoa turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onada qoldi.

Kiritildi: 09:20, 23.05.2026.
O'qildi: 431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик