Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Podolski faoliyatini yakunlaydi

Podolski faoliyatini yakunlaydi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Lukas Podolski faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda Polshaning «Gurnik» klubi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

39 yoshli hujumchi yaqinda klub aksiyalarining 86 foizidan ko‘prog‘ini sotib olib, «Gurnik»ning asosiy egasiga aylangan edi. Endilikda Podolski bor e’tiborini jamoani maydon tashqarisida boshqarishga qaratadi. Klub tomonidan e’lon qilingan xayrlashuv videosida Podolski esdalik buyumlarini qutilarga solar ekan, qisqacha qilib: «Xo‘sh, yetarli», — deydi.

Podolski faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvni 23 may kuni «Radomyak»ga qarshi o‘tkazadi. Hujumchi «Gurnik» safida 134 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yakunlangan mavsumda u Polsha Kubogini qo‘lga kiritdi, biroq chempionlikka erisha olmadi.

Podolski — Germaniya terma jamoasi tarkibida 2014 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida «Bavariya», «Arsenal» va boshqa bir qator klublarda ham to‘p tepgan.

Kiritildi: 11:15, 23.05.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик