Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real» Enso Fernandes uchun kurashga qo‘shildi

«Real» Enso Fernandes uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. The Independent nashriga ko‘ra, APL so‘nggi turi doirasidagi «Sanderlend»ga qarshi bahs argentinalik futbolchi uchun londonliklar safidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.

25 yoshli yarim himoyachiga «Manchester Siti» ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, barchasi Rodrining kelajagiga bog‘liq: agar madridliklar ispaniyalik futbolchini sotib olishga muvaffaq bo‘lishsa, Fernandes manchesterliklar uchun muqobil variant bo‘lib qoladi.

«Chelsi»da yarim himoyachining jamoadan ketishi ehtimoli kun sayin ortib borayotganini ta’kidlashmoqda. Bunga mavsum davomida futbolchining murabbiy Rozenyor qo‘l ostida asosiy tarkibdan joy ololmagani va umuman olganda, mavsumning og‘ir kechgani sabab bo‘lmoqda. London klubi muzokaralarga tayyor, biroq bir necha yil oldin «Benfika»ga Enso uchun to‘langan 121 million yevroni qaytarib olish juda qiyin bo‘lishini yaxshi tushunib turibdi.

Kiritildi: 12:01, 23.05.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик