Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Yuventus» derbi oldidan yetakchi futbolchisidan ayrildi

«Yuventus» derbi oldidan yetakchi futbolchisidan ayrildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» vingeri Kenan Yildiz payshanba kuni mashg‘ulot chog‘ida boldir mushagida og‘riq sezgani sababli «Torino»ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tekshiruv natijalari klub kutganidek ijobiy chiqmagan.

21 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda o‘zini bezovta qilayotgan tendinopatiyaga (paylarning shikastlanishi yoki tuzilishining o‘zgarishi bilan bog‘liq patologik holat) qaramay, og‘riqlarga chidab maydonga tushishga majbur bo‘layotgan edi. Endi esa uning uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi.

«Yuventus» yakshanba kuni A Seriya 38-turi doirasida safarda «Torino» mehmoni bo‘ladi. Hozirda Luchano Spalletti shogirdlari turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish uchun «byankonerilar» nafaqat derbida g‘alaba qozonishi, balki asosiy raqobatchilari («Milan», «Roma» va «Komo») o‘z o‘yinlarida ochko yo‘qotishiga umid qilishlari kerak.

Kiritildi: 12:43, 23.05.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик