Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor

Enso Mareskaning «Manchester Siti»dagi ilk transfer maqsadi ma’lum

Enso Mareskaning «Manchester Siti»dagi ilk transfer maqsadi ma’lum

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska «Manchester Siti»da Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Transfer News Live nashrining jurnalist Saymon Fillipsga tayanib xabar berishicha, italiyalik mutaxassis yangi jamoasida «Chelsi»da birga ishlagan davrlaridan yaxshi tanish bo‘lgan Mark Kukurelya bilan qaytadan birga ishlashni istamoqda. Bo‘lajak «shaharliklar» ustozi chap qanot himoyachisining o‘yiniga yuqori baho beradi.

Mark Kukurelyaning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Mish-mishlarga ko‘ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 13:24, 23.05.2026.
O'qildi: 1519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик