Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Tuxel Palmerni terma jamoaga chaqirmaganini tushuntirdi

Tuxel Palmerni terma jamoaga chaqirmaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumkor yarim himoyachi Koul Palmerning Jahon chempionati uchun e’lon qilingan tarkibdan joy olmaganiga izoh berdi. Nemis mutaxassisi tanlagan tarkib ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi va «Chelsi» yulduzining ro‘yxatga kiritilmagani eng bahsli qarorlardan biri sifatida qabul qilindi.

«Palmer klubida unchalik yaxshi davrini o‘tkazmayapti — hozir u «Chelsi» uchun o‘tgan mavsumlardagi kabi muhim va ta’sirli o‘yinchi emas. Terma jamoada ham u har qanday holatda chaqirilishi kerak bo‘lgan darajada o‘zini ko‘rsata olmadi. Reallik shunday. Koul bir necha bor jarohatlar sababli safdan chiqdi. Uni tarkibga kiritish uchun ko‘plab sabablar topish mumkin, u kuchli xarakteri tufayli hal qiluvchi daqiqalarda o‘zini ko‘rsata oladi, ammo buning uchun yaxshi o‘yin formasida bo‘lish kerak. Men futbolchilarni faqatgina nomi uchun terma jamoaga chaqirmayman. Qiyin qaror qabul qilib, kimnidir tarkibga kiritmaslik ma’qulroq», – dedi Tuxel Daily Mail nashriga bergan intervyusida.

Angliya terma jamoasi Jahon chempionatida Xorvatiya, Gana va Panama jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: 13:35, 23.05.2026.
O'qildi: 1885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик