Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Atletiko» yulduziga uchta top-klub da’vogar: Alvares qayerni tanlaydi?

«Atletiko» yulduziga uchta top-klub da’vogar: Alvares qayerni tanlaydi?

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares atrofidagi transfer mish-mishlari tinmayapti. Argentinalik futbolchiga da’vogar sifatida «Barselona», «PSJ» va Londonning «Arsenal» klublari tilga olinmoqda.

Taniqli jurnalist Gaston Edulning fikricha, futbolchi uchun kurashda «ko‘k-anorranglilar» hamon asosiy favorit bo‘lib qolishmoqda.

«Men uning «Barselona»ga o‘tish ehtimolini 45%, «PSJ»ga o‘tishini 35%, «Arsenal»ga borishini esa 20% deb baholayman. Agar «Barsa» haqiqatan ham uni sotib olmoqchi bo‘lsa, o‘z niyatlarini jiddiy taklif bilan tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Hozircha faqat birgina klub muzokaralarda oldinga siljigan – bu «PSJ». Parij klubi Xulian va «Atletiko»ga katta mablag‘ taklif qilishni va’da qilgan», – deydi ekspert.

Transfermarkt portali «matraschilar»ning 26 yoshli yulduzini 90 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:50, 23.05.2026.
O'qildi: 1729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик