Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Roma» «Zenit» sobiq hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Roma» «Zenit» sobiq hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Zenit»ning sobiq hujumchisi, hozirda Braziliyaning «Korintians» klubi sharafini himoya qilayotgan Yuri Alberto faoliyatini Yevropa chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, italiyalik «Roma» klubi braziliyalik futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rim klubi bo‘lajak transfer oynasida 25 yoshli hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda. Albertoning «Korintians» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Italiya chempionati yakunlanishi arafasida «bo‘rilar» 70 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Kiritildi: 13:51, 23.05.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик