Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Arbeloa: «Laportaning «Real» haqidagi gaplari meni qiziqtirmaydi»

Arbeloa: «Laportaning «Real» haqidagi gaplari meni qiziqtirmaydi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Barselona» prezidenti Joan Laportaning yaqinda aytgan gaplariga munosabat bildirdi. Laportaning ta’kidlashicha, «Real» o‘z muvaffaqiyatsizliklaridan jamoatchilik e’tiborini chalg‘itish uchun doimiy ravishda Kataloniya klubini tanqid qilib keladi.

«Men Laportaning so‘zlariga alohida ahamiyat bermayman. O‘ylaymanki, biz aytgan gaplarimizning barchasida doimo fikrimizni aniq va ravshan bayon etganmiz. Biz hali ham butun Ispaniya futboli obro‘siga ko‘p yillar davomida dog‘ tushirgan Negreyra ishi bo‘yicha yakuniy qarorni kutmoqdamiz», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Bugun soat 22:00 da La Liganing so‘nggi tur o‘yinlari boshlanadi: «Real» Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi maydonga tushsa, «Barselona» esa «Valensiya» bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 15:02, 23.05.2026.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик