Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev Yevropa konferensiyalar ligasida o‘ynaydi

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev Yevropa konferensiyalar ligasida o‘ynaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari — Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullayev harakat qilayotgan “Bashakshehir” klubi 2025/26-yilgi mavsumda Yevropa Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.

Istanbul klubining yevrokuboklarga chiqishiga Turkiya Kubogi finalidagi natija sabab bo‘ldi. 22 may kuni bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda “Trabzonspor” “Konyaspor”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Odatdagi qoidalarga ko‘ra, kubok g‘olibi Konferensiyalar Ligasiga yo‘llanma olishi kerak edi. Biroq “Trabzonspor” Turkiya Superligasini 3-o‘rinda yakunlagani sababli Yevropa Ligasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritib bo‘lgan.

Natijada, Yevropa Konferensiyalar Ligasi uchun ajratilgan yo‘llanma chempionatda 5-o‘rinni egallagan “Bashakshehir” jamoasiga nasib etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:19, 23.05.2026.
O'qildi: 1751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик