Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Diyego Simeone: «Gvardiola – dunyodagi eng yaxshi murabbiy»

Diyego Simeone: «Gvardiola – dunyodagi eng yaxshi murabbiy»

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone jahon futbolidagi eng yaxshi mutaxassislar haqida o‘z fikrlarini bildirib, Pep Gvardiolani alohida e’tirof etdi.

Simeonening ta’kidlashicha, futbol olamida ko‘plab iqtidorli murabbiylar bor va ular orasidan faqat uch nafarini tanlab olish juda qiyin.

«Karlo Anchelotti, Pep Gvardiola, Unai Emeri, Andoni Iraola, Xansi Flik... Men shunchaki biron kishini unutib qo‘yishni istamayman», — dedi argentinalik murabbiy.

Biroq, Simeone Gvardiolani o‘zgacha maqomda ko‘radi:

«Gvardiola, ehtimol, dunyodagi eng yaxshisidir. Uning doimiy ravishda o‘zgarish va g‘alaba qozonish qobiliyati hayratlanarli – bu eng muhim jihat. Unga kelgusi faoliyatida omad tilayman. U uzoq vaqt ishsiz qolishiga ishonmayman, chunki u haqiqiy futbol odami», – dedi Diyego Simeone.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pep Gvardiola o‘n yillik faoliyatidan so‘ng «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini tark etishi ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 18:33, 23.05.2026.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик