Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Manchester Yunayted» Garnerni qaytarishni rejalashtirmoqda

«Manchester Yunayted» Garnerni qaytarishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

«Everton» yarim himoyachisi Jeyms Garner «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkin. Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» shu yozda 25 yoshli futbolchini sotib olishga tayyor.

Manchester klubi xavbek transferi uchun 30 million yevro to‘lash niyatida. Jeyms Garner «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yilga qadar «qizil iblislar» safida harakat qilgan, shundan so‘ng 10 million yevro evaziga «Everton»ga o‘tgan edi.

Uning «irislar» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Garnerning narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:12, 23.05.2026.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик