Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rikelme «Real» prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqda

Rikelme «Real» prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqda

Baho:
+ | -

Cox Energy energetika kompaniyasi rahbari Enrike Rikelme «Real» prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etishini e’lon qildi.

«Bugun «Real» uchun juda muhim kun. 20 yil deganda nihoyat ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz (Florentino Peres bir necha bor boshqa nomzodlar yo‘qligi sababli avtomatik ravishda qayta saylangan edi).

Bu kimgadir «qarshi» chiqish emas, bu «Real» kelajagi uchun tashlangan qadamdir. Biz ham sport, ham ijtimoiy sohada jiddiy va ilhomlantiruvchi loyiha ustida uzoq vaqt ishladik. Sizlarga juda manzur keladigan loyihani taqdim etamiz. Bugun ushbu saylovlardan zavqlanish va eng yaxshi loyiha uchun ovoz berish kunidir.

Sosyoslardan (klub a’zolaridan) qo‘rqmasdan, bizni tinglash uchun jasorat ko‘rsatishlarini so‘rayman. Loyihamiz qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga mo‘ljallangan. Saylov komissiyasi bizni rasman nomzod sifatida tasdiqlashi bilan, barcha tashabbuslarimiz haqida so‘zlab berish uchun 24/7 rejimida ishlaymiz», — dedi Rikelme.

Kiritildi: 22:14, 23.05.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик