Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Karvaxal «Real»ni tark eta turib, xayrlashuv nutqini so‘zladi

Karvaxal «Real»ni tark eta turib, xayrlashuv nutqini so‘zladi

Baho:
+-1 | -

Daniel Karvaxal Madrid klubidan ketayotgani haqida fikr bildirdi. Himoyachi «qirollik klubi» safidagi so‘nggi o‘yinini La Liganing 38-turida «Atletik»ka qarshi (4:2) o‘tkazdi.

«Xayrli kech, madridistlar. Hozir gapirish men uchun oson emas, chunki bu ajoyib xayrlashuvdan juda ta’sirlandim. Avvalo, prezidentimiz — don Florentino Peresga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Aynan u meni Germaniyadan qaytargan va biz birgalikda ko‘plab Chempionlar ligasi sovrinlarini yutganmiz. Lekin agar bitta voqeani alohida ajratib ko‘rsatishim kerak bo‘lsa, bu tizzamdan jarohat olganimdan keyin 24 soat o‘tmasdanoq, u hech ikkilanmay men bilan shartnomani uzaytirganidir.

So‘ngra jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Biz uchun oxirgi ikki mavsum unchalik oson kechmadi, lekin ishonchim komilki, biz yana g‘alaba qozonamiz. Bu — «Real» va tariximiz talab qilganidek, biz yana yuqoriga ko‘tarilishimiz kerak.

«Oltin davrimiz»ni eslamasdan ilojim yo‘q. Biz boshdan kechirgan o‘sha muvaffaqiyatli yillarni unutib bo‘lmaydi. Muazzam bir davr yakuniga yetmoqda: besh yil ichida to‘rtta Chempionlar ligasi, o‘sha Desima (o‘ninchi kubok), ketma-ket uchta g‘alaba, Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos, Karlo Anchelotti, Zinedin Zidan... Ushbu emblemani yuqori ko‘targan son-sanoqsiz nomlar. Ular bizni buyuk qilishdi va eng cho‘qqiga olib chiqishdi», — dedi Karvaxal.

Kiritildi: 02:58, 24.05.2026.
O'qildi: 2672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик