Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Manchester Yunayted» Uilyams transferiga qiziqmoqda

«Manchester Yunayted» Uilyams transferiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» himoyachisi Neko Uilyams Angliya Premyer-ligasi grandlari nishoniga tushdi. Caught Offside nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi xizmatiga «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Shunga qaramay, «o‘rmonchilar» o‘z yetakchi himoyachisini qo‘yib yuborish istagida emas. «Nottingem Forest» rahbariyati Uilyamsni klubda olib qolish uchun unga yangi, yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqchi.

Uilyams joriy mavsumda barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Ma’lumot uchun, APL turnir jadvalida «Manchester Yunayted» 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Nottingem Forest» 16-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 11:59, 24.05.2026.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик