«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Patris Evra «Manchester Siti» muxlislari Pep Gvardiolaning bosh murabbiylik lavozimini tark etishidan xursand bo‘lishlari kerakmi, degan savolga o‘z fikrini bildirdi.
Patris Gvardiolaning «shaharliklar»ni tark etayotganidan xafa va bu jamoani zaiflashtiradi deb hisoblamaydi.
«Men xafaman. U amalga oshirgan ishlarini juda hurmat qilaman.
Nima uchun xursand bo‘lishim kerak? Bu klubning tizimi har qanday futbolchi yoki murabbiydan kuchliroq. Shuning uchun, yigitlar, bayram qilmanglar. Xursand bo‘lishga shoshilmanglar. Rostini aytsam, men "Man Siti"ning pasayishi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman.
Menga og‘ir, chunki biz ajoyib murabbiyni yo‘qotmoqdamiz. Futbol Gvardiolani yo‘qotayotganidan xafaman», – dedi Evra Goal nashriga bergan intervyusida.













