«Arsenal» sardori Martin Edegor Premyer-liga mavsumini sarhisob qildi. «Arsenal» 22 yil ichida ilk bor Angliya chempioniga aylandi.
«Rostini aytsam, buni ta’riflashga so‘z ojiz. Bu juda o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. Buning ortida ko‘plab hissiyotlar va ulkan mehnat yotibdi. Juda hissiyotlarga boy, lekin ajoyib kun va beqiyos yutuq», — dedi Edegor Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
«Har doim shubhalar va yakunda hech narsa chiqmay qolishdan qo‘rqish bo‘ladi, lekin bizda o‘zimizga bo‘lgan ishonch bor edi. Hatto mavsumning eng og‘ir damlarida ham biz haqiqatan ham birdam bo‘ldik».
«Bizda o‘sha ishonch bor edi. Biz kurashda davom etdik va yakunda o‘z maqsadimizga erishdik. Bu esa barchasini yanada yaxshiroq qildi».
So‘nggi turda «Kristal Pelas»ni mag‘lub etgan Mikel Arteta shogirdlari «Manchester Siti»dan 7 ochkolik farq bilan birinchi o‘rinni egalladi.













