«Liverpul» sardori Virjil van Deyk Angliya chempionatining so‘nggi turida «Brentford»ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Ushbu natijadan so‘ng chempionlik unvonini himoya qila olmagan «Liverpul» Chempionlar ligasining keyingi mavsumida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
«Bu yagona ijobiy jihat. Bu omadsiz mavsumdan chiqarib olishga harakat qilishimiz kerak bo‘lgan eng kam natija edi. Endi klub afsonalari bilan xayrlashamiz, hozir barcha e’tibor shunga qaratilgan», — deya niderlandiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
«Oldinga harakat qilamiz, faqat oldinga, to‘xtamaymiz. Bu mening faoliyatimdagi eng qiyin yil bo‘ldi. Buni qabul qilish, jamoa bo‘lib bularni boshdan o‘tkazish og‘ir kechdi. Lekin biz — «Liverpul»miz. Biz doimo bunday vaziyatlardan yanada kuchliroq bo‘lib chiqamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
«Liverpul» 54 ochko bilan beshinchi o‘rinni egalladi.













