Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

«Meni nega bunchalik yaxshi ko‘rasizlar?»: Pep Gvardiolaning «Manchester Siti» muxlislariga ta’sirli xayrlashuvi

«Meni nega bunchalik yaxshi ko‘rasizlar?»: Pep Gvardiolaning «Manchester Siti» muxlislariga ta’sirli xayrlashuvi

Baho:
+ | -

Pep Gvardiola «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi o‘yinidan so‘ng jamoa muxlislariga murojaat qildi.

«Men hozir juda hayajondaman. Meni nega bunchalik yaxshi ko‘rasizlar? Nima uchun menga nisbatan bunday munosabatdasizlar?

Men bunday mehrni hech qachon tasavvur qilmagandim, bu shunchaki aqlbovar qilmas holat. 10 yil davomida murabbiyingiz bo‘lish men uchun ulkan sharaf edi. Hissiyotlar juda kuchli.

Bugun tribunalarda otam o‘tiribdi, u 95 yoshda — vau! Balki u hammasini tushunmayotgandir, lekin ishonamanki, ko‘p yillar o‘tib, bu go‘zal tribuna mening oilam nomi bilan ataladi. Bu hammasidan ham ortiqroq sharaf. Futbolchilar bu haqda bilmaydi, lekin men o‘sha yerda bo‘laman va ularni kuzatib boraman! Ularning zimmasida juda katta mas’uliyat bor — bu darajani saqlab qolish. Umid qilamanki, ular kurashadi, kurashadi va yana kurashadi.

Bu mening uyim. Agar kelasi yillarda meni ko‘chada yoki «Etihad»da ko‘rib qolsangiz, agar «Man Siti» muxlisi bo‘lsangiz — oldimga keling. Bu klubni ifoda etish men uchun ulkan sharaf edi. Har bir qarorimni klubning manfaati yo‘lida qabul qildim. Men sizlarni juda qattiq yaxshi ko‘raman. Bu juda maroqli edi», — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Kiritildi: 00:34, 25.05.2026.
O'qildi: 1680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик