Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 3-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Arteta «Arsenal» rahbariyati va jamoasining muvaffaqiyatini e’tirof etdi

Arteta «Arsenal» rahbariyati va jamoasining muvaffaqiyatini e’tirof etdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL mavsumi yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Jamoa uzoq vaqtdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi.

«Shubhalar bo‘lgan paytlar ham bo‘ldi, hatto bu ishga loyiq odam emasligim haqida o‘ylaganman. Xudoga shukr, hammasi ko‘ngildagidek yakunlandi», — deb keltiradi Artetaning so‘zlarini Sky Sports.

«Men bir vaqtning o‘zida ham ulkan quvonch, ham katta yengillik his qilyapman. Ko‘p narsalarni nazorat qila olaman, lekin senga bog‘liq bo‘lmagan jihatlar ham bor. Bunday paytlarda yoningda eng yaxshi insonlar bo‘lishi kerak. Ba’zan, shubha paydo bo‘lganda, aynan ular: «Biz buni uddalaymiz va sen bilan birga qilamiz», deyishadi».

«Bizda ajoyib rahbariyat bor. Biz qiyin damlarni boshdan o‘tkazdik. Aynan o‘shanda insonlarni haqiqiy yuzini bilib olasan. Ular beqiyos qadriyatlarga ega. Ular sportni har birimizdan ham yaxshiroq tushunishadi. Ular biz amalga oshirgan loyihaga to‘liq sadoqat bilan yondashishdi».

«Yo‘limizda meni bugungi kungacha yetaklab kelgan ko‘plab insonlar bo‘ldi. Edu [Gaspar, sport direktori] va Tim Lyuis — ularning barchasi sodir bo‘lgan voqealarda asosiy rol o‘ynashdi», — deya xulosa qildi ispaniyalik mutaxassis.

«Arsenal» turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab, «Manchester Siti»dan 7 ochkolik farq bilan mavsumni yakunladi.

Kiritildi: 00:53, 25.05.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик