Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Atletiko» 15 yil ichida La Ligada ilk bor 5 ta gol o‘tkazib yubordi

«Atletiko» 15 yil ichida La Ligada ilk bor 5 ta gol o‘tkazib yubordi

Baho:
+ | -

«Atletiko» La Liganing so‘nggi turida «Vilyarreal»ga mag‘lub bo‘ldi (1:5).

Madridliklar Diyego Simeone boshqaruvida ikkinchi bor bir o‘yinda 5 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Avvalroq bu holat 2024 yil yanvarda Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida «Real»ga qarshi o‘yinda (qo‘shimcha bo‘limlarda 3:5) kuzatilgandi.

Umuman olganda, Simeone qo‘l ostida «Atletiko» jami 800 ta o‘yin o‘tkazdi. Argentinalik murabbiy 2011 yilning dekabridan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.

«Matraschilar» oxirgi bor La Ligada 5 ta gol o‘tkazib yuborgan holat 2011 yil sentyabriga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Gregorio Mansano boshchiligidagi jamoa «Kamp Nou»da «Barselona»dan 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

Kiritildi: 08:52, 25.05.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик