Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Fabregas: «4 yil avval barda kiyinardik, endi esa Chempionlar Ligasidamiz»

Fabregas: «4 yil avval barda kiyinardik, endi esa Chempionlar Ligasidamiz»

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas jamoasining Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olgani haqida fikr bildirdi. Italiya chempionatining so‘nggi turida «Kremoneze» ustidan qozonilgan g‘alaba jamoaga yakuniy to‘rtinchi o‘rinni taqdim etdi.

«Parma» bilan o‘yindan oldin yigitlarga Chempionlar Ligasiga chiqish uchun ikkita g‘alaba kifoya qilishini aytgandim. Men jamoaga oltinchi o‘rindan boshlab, hammani quvib o‘tgan va g‘alaba qozongan velopoygachi haqidagi videoni ko‘rsatdim. Vazifamiz undan o‘rnak olish edi va biz buni uddaladik.

Bu juda yosh jamoa bilan qo‘lga kiritilgan ulkan yutuq. Tarkibimizda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar juda ko‘p. Prezident menga to‘liq vakolat berdi, shu sababli ko‘plab qarorlarni qabul qilishimga va tanlovlar qilishimga to‘g‘ri keldi.

Bundan 4 yil avval bu yerga futbolchi sifatida kelganimda, biz barda kiyinardik. Endi bo‘lsa — Chempionlar Ligasidamiz. Ikki nafar fizioterapevt bilan suhbatlashib, sport markazimiz bo‘lmagan paytlarni, hatto nomi esimda yo‘q joylarda mashg‘ulot o‘tkazganimizni esladik. U paytlari massaj ham barda yoki maydonning o‘zida qilinardi. Soat 12:00 yoki 12:30 bo‘lishi bilan hamma uyiga ketar, hech kim qolmasdi. Hozir esa Seriya Ada to‘rtinchimiz. Erishgan natijalarimizdan juda baxtiyorman»,— deydi murabbiy La Gazetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

«Komo» klubi 2003 yilda A Seriyani tark etgach, oradan 21 yil o‘tib yuqori divizionga qaytgan edi. O‘tgan mavsumni jamoa 10-o‘rinda yakunlagan.

Kiritildi: 14:35, 25.05.2026.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик