Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

De Dzerbi: «Bu men qo‘l ostimdagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldi»

De Dzerbi: «Bu men qo‘l ostimdagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi keyingi mavsum oldidan jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaydi.

APLning so‘nggi turida «Tottenxem» «Everton»ni mag‘lub etdi (1:0) va musobaqa jadvalida 17-o‘rinni egallab, ligada jon saqlab qoldi.

«Biz yaxshi mehnat qildik, lekin tarkibimizda kuchli futbolchilar ko‘pligidan omadim keldi. Bu o‘yinda ular katta bosim ostida ham to‘pni ajoyib tarzda nazorat qilishgani ko‘rindi. Bu men kelganimdan beri eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Agar bor kuchingizni bersangiz, natija uzoq kuttirmaydi.

O‘yin davomida menga qiyin bo‘ldi, lekin futboldagi bosim hayotimni go‘zallashtiradi. Bosimsiz yanada yomon bo‘lardi. Keyingi mavsumda biz yuqori saviyali jamoa tuzishimiz kerak. Tarkibda katta o‘zgarishlar shart emas, lekin biz "top" darajadagi o‘yinchilarni jalb qilishimiz lozim», — dedi murabbiy Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 14:47, 25.05.2026.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик