Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Saloh: «Butun umrim davomidagidan ham ko‘proq yig‘ladim»

Saloh: «Butun umrim davomidagidan ham ko‘proq yig‘ladim»

Baho:
+ | -

Hujumchi Muhammad Saloh «Liverpul»dan ketganidan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. Angliya Premyer-ligasi 38-turidan o‘rin olgan «Brentford»ga qarshi o‘yin (1:1) misrlik futbolchi uchun klubdagi to‘qqiz yillik faoliyatidan keyingi so‘nggi uchrashuv bo‘ldi. Saloh bilan birga himoyachi Endryu Robertson ham jamoani tark etdi.

«Men ko‘p yig‘ladim, menimcha, butun umrim davomidagidan ham ko‘proq! Bunday maskanni tark etish juda og‘ir. Mashg‘ulot bazasida ham biroz yig‘lab oldim. Men unchalik hissiyotli inson emasman, sizlar OAVda buni kamdan-kam ko‘rasiz. Siz meni hamisha qattiqqo‘l va tajovuzkor holatda ko‘rishga o‘rgangansiz, lekin ichimda go‘yoki yosh bolaman. Bu juda qiyin. Biz yoshligimizni shu yerda o‘tkazdik, boshidan oxirigacha borimizni baham ko‘rdik. Biz hatto qo‘lga kiritganlarimizni orzu ham qilmagandik, lekin buni mana shu klub uchun qildik. Biz uni loyiq bo‘lgan joyiga qaytardik.

Kiyinish xonasidagi o‘yinchilarga aytar so‘zim shu: qarang, hozir klub hamma narsa uchun kurashmoqda. Muxlislar bundan kamiga rozi bo‘lishmaydi. Siz maydonda boringizni berib o‘ynar ekansiz, natija qanday bo‘lishi ular uchun ahamiyatsiz. Ular sizni abadiy sevib qolishadi. Sizlarga aytmoqchi bo‘lgan gapim — gap faqat talantda emas, balki qolgan hamma narsada. Mana nima uchun uni [Robertsonni] hammadan ko‘proq yaxshi ko‘rishadi: u maydonda borini berardi va muxlislar shuning uchun uni sevishadi. «Liverpul»dan ketish oson emas, lekin hayot shunaqa, biz oldinga intilishimiz kerak», — deydi Saloh klub rasmiy saytiga.

Kiritildi: 15:11, 25.05.2026.
O'qildi: 472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик