Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Frenki de Yong "Barselona"dagi kelajagini qayta ko‘rib chiqmoqda

Frenki de Yong "Barselona"dagi kelajagini qayta ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik 29 yoshli yarim himoyachi Frenki de Yong Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoada o‘z o‘rniga ega emasligidan tobora ko‘proq xavotirda. Futbolchi kataloniyaliklar ustozi unga endi to‘liq ishonmayotganidan qo‘rqmoqda. Shu sababli, agar kelgusi mavsumda maydonda o‘tkaziladigan vaqti kamayishda davom etsa, de Yong jamoadagi kelajagi haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Kuni kecha jurnalist Fabrisio Romano de Yongning yozda klubni tark etmasligi haqidagi so‘zlarini keltirib o‘tgan edi. Biroq insayderlarning yangi ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, yarim himoyachi allaqachon faoliyatini davom ettirish uchun muqobil variantlarni ko‘rib chiqishni boshlab yuborgan.

Frenki de Yong 2019 yilda "Ayaks"dan "Barselona"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:09, 25.05.2026.
O'qildi: 799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик