Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Gvardiola nima uchun bo‘sh o‘rindiq bilan gaplashganiga javob bera olmadi

Gvardiola nima uchun bo‘sh o‘rindiq bilan gaplashganiga javob bera olmadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasi 38-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvdan (1:2) keyin klubni tark etayotgan bosh murabbiy Pep Gvardiola, shuningdek futbolchilar Bernardu Silva va Jon Stounz uchun xayrlashuv marosimi o‘tkazdi.

Marosimga jamoaning amaldagi futbolchilaridan tashqari, o‘tgan mavsumni «Everton»da ijara asosida o‘tkazgan Jek Grilish hamda hozirda «Bavariya»da faoliyat yuritayotgan «shaharliklar»ning sobiq sardori Vensan Kompani ham tashrif buyurdi.

Futbolchilar muxlislarga Gvardiolaning «Siti»dagi 10 yillik faoliyati davomida qo‘lga kiritilgan 20 ta sovrinni namoyish qildi.

Shundan keyin o‘yinchilar sahnadan turib Pepga murojaat qilishdi. Bernardu esa internetda memga aylangan videoni esladi. Unda mutaxassis o‘yin paytida yonida kimdir bordek gapiradi, ammo uning yonidagi o‘rindiq bo‘sh bo‘ladi.

Gvardiola videoni ko‘rib kulib yubordi va biroz xijolat ham tortdi, ammo bu holatga izoh topa olmadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:16, 26.05.2026.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик