Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Joze Mourinyo Bastonining «Real»ga transferini shaxsan kelishib oldi — Defensa Central

Joze Mourinyo Bastonining «Real»ga transferini shaxsan kelishib oldi — Defensa Central

Baho:
+ | -

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining «Real»ga ehtimoliy o‘tishi shartlarini allaqachon kelishib olgan. Bu haqda Defensa Central jurnalist Migel Serranogo tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yozda Madrid klubiga tayinlanishi kutilayotgan murabbiy italiyalik futbolchi bilan shaxsan gaplashib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan. Qayd etilishicha, Bastoni ham ushbu transferga rozilik bildirgan.

Italiyalik markaziy himoyachi Mourinyo uchun «qaymoqranglilar» himoya chizig‘ini kuchaytirishdagi asosiy maqsad hisoblanmoqda. Portugaliyalik mutaxassis Bastonini jamoa himoyasining yangi yetakchisi sifatida ko‘rmoqda va Italiya terma jamoasi JCH-2026da ishtirok etmasligi sababli transferni imkoni boricha tezroq yakunlashni istamoqda.

Shu bilan birga, «Real»da klub prezidentligi saylovlari yakunlanmaguncha hech qanday transfer tasdiqlanmasligi aytilmoqda.

Avvalroq Bastonining ehtimoliy transfer borasida «Barselona» bilan ham aloqaga chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Himoyachining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Alessandro joriy mavsumda Milan klubi safida 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:28, 26.05.2026.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик