Insayder Fabrisio Romano «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining salomatligi haqida ma’lumot berdi. Argentinalik futbolchi «Filadelfiya Yunion»ga qarshi uchrashuvda (6:4) noqulaylik his qilgani sababli 73-daqiqada almashtirilgan edi.
«Lionel Messi noqulaylik his qilmoqda, ammo tekshiruvlar Jahon chempionati oldidan jiddiy jarohat yo‘qligini tasdiqladi. Messi Argentina terma jamoasi uchun o‘ynay oladi», — deb yozdi Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasining JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.













