Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Maykl Jordan Pep Gvardiolaga kutilmagan videomurojaat yo‘lladi

Maykl Jordan Pep Gvardiolaga kutilmagan videomurojaat yo‘lladi

Baho:
+2 | -

NBAning olti karra chempioni Maykl Jordan «Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun videomurojaat yozib qoldirdi. Ushbu video ispaniyalik murabbiyni kuzatish marosimida namoyish etildi.

«Hey Pep, bu men — Maykl Jordan. Senga mana shunday aql bovar qilmas faoliyat uchun tabrik yo‘llamoqchiman. Hordiqdan zavqlan. Golf maydonida omad yor bo‘lsin. To‘pni doim to‘g‘ri yo‘nalishda ur. Tabriklayman», — dedi 63 yoshli amerikalik afsona.

Gvardiola «Siti» boshqaruvidagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng jamoani tark etmoqda. U ushbu davr mobaynida jamoa bilan 17 ta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.

Hozirda Gvardiola 55 yoshda. U 2016 yilning 1 iyulidan buyon «Siti»da ishlab kelayotgan edi. Bungacha esa «Bavariya» va «Barselona» klublarini boshqargan.

Kiritildi: 10:51, 26.05.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик