Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Ibrahimovich «Milan»ga yangi sport direktori topdi

Ibrahimovich «Milan»ga yangi sport direktori topdi

Baho:
+ | -

Fabio Paratichi «Milan» klubining yangi sport direktoriga aylanishi mumkin. Bu haqda MilanPress nashri xabar tarqatdi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Milan» rahbariyatining maxsus maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich 53 yoshli italiyalik mutaxassis bilan uning ushbu lavozimga tayyorligini bilish maqsadida dastlabki muzokaralarni o‘tkazib ulgurgan.

Paratichi 2026 yilning fevral oyidan buyon «Fiorentina» klubida sport direktori sifatida ishlab kelmoqda. Uning «binafsharanglilar» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Paratichi bundan avval «Tottenxem» va «Yuventus» klublarida sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Aynan uning boshqaruvi davrida «Yuventus» moliyaviy qoidabuzarliklar tufayli jarimaga tortilib, ochkolaridan mahrum qilingan edi. Ushbu mojaro sabab Paratichi 2023 yilning aprelida har qanday futbol faoliyatidan 30 oyga chetlatilgan va faqat 2025 yilning oktyabr oyiga kelibgina katta futbolga qaytgan edi.

«Milan»ning avvalgi sport direktori Igli Tare esa joriy yilning may oyida bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan birgalikda iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: 10:56, 26.05.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик