«Volfsburg» klubi o‘z tarixida birinchi marta Bundesligani tark etdi. Bu voqea «Paderborn 07» jamoasiga qarshi o‘tkazilgan javob o‘tish o‘yinidan (1:2) so‘ng sodir bo‘ldi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda gol urilmagan edi.
Shu tariqa, «bo‘rilar» 1997 yildan beri ilk bor Ikkinchi Bundesligada ishtirok etadigan bo‘lishdi. O‘shanda jamoa turnir jadvalida «Kayzerslautern»dan keyin ikkinchi o‘rinni egallab, Germaniya yuqori divizioniga yo‘llanma olgan edi.
O‘z tarixi davomida «Volfsburg» bir martadan Bundesliga chempionligini, Germaniya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. Jamoaning yevrokuboklardagi eng yuqori natijasi 2015/2016 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining 1/4 finaliga qadar yetib borgani hisoblanadi.













