«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya klubining mashg‘ulotlaridan birida boldir mushagidan jarohat oldi. O Globo nashrining xabariga ko‘ra, forvard hozirda tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Neymar Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida maydonga tushishga tayyor bo‘ladi. Shu sababli, u JCH-2026 boshlanguniga qadar «Santos» tarkibida boshqa o‘yin o‘tkazmaydigan bo‘ldi.
Neymar 2025 yilda «Al-Hilol»dan «Santos»ga erkin agent sifatida qaytib kelgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil 31 dekabrgacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Braziliya terma jamoasi safida esa Neymar hozirgacha 128 ta o‘yin o‘tkazib, 79 ta gol muallifiga aylangan.













