«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska «Manchester Siti» ustozi etib tayinlanishga yaqin turibdi. Daily Star jurnalisti Jeremi Krossning xabariga ko‘ra, agar italiyalik mutaxassis «shaharliklar»ni qo‘lga olsa, yarim himoyachi Jek Grilish bilan uning Manchesterdagi faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyor.
Jek Grilish 2021 yilda «Aston Villa»dan «Manchester Siti»ga 117 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumni futbolchi ijara asosida «Everton»da o‘tkazdi. «Irislar» safida u barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, «Everton»da futbolchini to‘liq sotib olish huquqi ham mavjud.













