Kirish Ro'yxatdan o'tish

Goal APLning eng yaxshi murabbiylari reytingini tuzib chiqdi

Goal APLning eng yaxshi murabbiylari reytingini tuzib chiqdi

Baho:
+ | -

Nufuzli Goal nashri 2025/2026 mavsumida Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi murabbiylari reytingini taqdim etdi, deb xabar berdi Sports.kz.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola egalladi. Ispaniyalik mutaxassis mavsum davomidagi jiddiy kadrlar yo‘qotishlariga qaramay, jamoani klub tarixida ilk bor yevrokuboklarga olib chiqdi.

Ikkinchi o‘rindan «Arsenal»ni APL chempionligiga olib kelgan Mikel Arteta joy oldi. Kuchli uchlikni esa ligaga yangi chiqqan «Sanderlend»ni yevrokuboklarga olib chiqqan Reje Le Bri yakunlab berdi.

2025/2026 mavsumi APLning eng yaxshi 10 murabbiyi:

1. Andoni Iraola («Bornmut»)
2. Mikel Arteta («Arsenal»)
3. Reje Le Bri («Sanderlend»)
4. Unai Emeri («Aston Villa»)
5. Kit Endryus («Brentford»)
6. Pep Gvardiola («Manchester Siti»)
7. Maykl Karrik («Manchester Yunayted»)
8. Daniel Farke («Lids»)
9. Fabian Xyurseler («Brayton»)
10. Roberto De Dzerbi («Tottenxem»)

Qayd etilishicha, mavsum davomida APLda 11 nafar murabbiy ishdan bo‘shatilgan, «Nottingem Forest» esa chempionat mobaynida to‘rt nafar bosh murabbiyni almashtirgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 06:30, 27.05.2026.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик