«PSJ» yarim himoyachisi Vitinya Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bo‘lajak Chempionlar ligasi finali haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. Parijliklar ketma-ket ikkinchi mavsumda ushbu sovrinni qo‘lga kiritishlari mumkin.
«Chempionlar ligasi finali — bu shunchaki final. «Arsenal» bilan oldingi o‘yinlarimizning hozir umuman ahamiyati yo‘q. Ha, o‘tgan mavsumda ular bilan uch marta to‘qnash kelganmiz va yarim finalda mag‘lub etgandik, ammo o‘tgan mavsum — bu umuman boshqa tarix. Oldinda final turibdi, bu yagona va hal qiluvchi o‘yin. Biz unga tayyor bo‘lamiz», — deya Vitinyaning so‘zlarini keltiradi Arsenal Radar.
Eslatib o‘tamiz, Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadigan final o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.













