«Barselona» sport direktori Deku Markus Reshfordning yakunlangan mavsumdagi o‘yini haqida fikr bildirdi. Angliyalik vinger o‘tgan kampaniyani «Manchester Yunayted»dan ijara asosida kataloniyaliklar safida o‘tkazdi.
«Reshford bizga katta yordam berdi. U Rafinya jarohat olgan paytlarda uni munosib tarzda almashtira oldi. Bu oson vazifa emasdi, ammo u uddaladi. Markus zaxirada o‘tirishga o‘rganmagan, lekin bu borada hech qanday muammo bo‘lmadi — u maydonga tushganida o‘zini a’lo darajada ko‘rsatdi. U yaxshi mavsum o‘tkazdi va biz u bilan birgalikda La Liga chempioni bo‘lganimizdan xursandmiz. U bunga o‘z mehnati bilan loyiq edi», — deya Deku so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.













