Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nikolas Jekson «Chelsi»da qolishga tayyor, faqat...

Nikolas Jekson «Chelsi»da qolishga tayyor, faqat...

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson londonlik «aristokratlar» safida yana bir bor o‘z omadini sinab ko‘rishi mumkin. 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni «Bavariya»da ijara asosida o‘tkazdi, biroq myunxenliklar uni doimiy asosda sotib olishdan voz kechdilar.

Dastlab, Jekson «Chelsi»da ham qolishi dargumon ekani aytilayotgan edi. Biroq The Sun nashrining xabar berishicha, hujumchi «Stemford Bridj»da qolishga tayyor. Uning jamoa rahbariyati oldiga qo‘ygan yagona sharti — asosiy tarkibdan muqim joy olish. Hozirda barchasi jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning qaroriga bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Nikolas Jeksonning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:42, 27.05.2026.
O'qildi: 325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик