Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pedri futbol dunyosiga bir so‘z bilan ta’rif berdi

Pedri futbol dunyosiga bir so‘z bilan ta’rif berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri o‘ziga xos blis-so‘rovnomada turli klublar va futbol olamidagi shaxslarga bir so‘z bilan ta’rif berdi. 23 yoshli iqtidorli futbolchining javoblari «Barselona» muxlislari tomonidan iliq kutib olindi.

Pedrining so‘zlariga ko‘ra, Madridning «Real» klubi — bu shunchaki «raqib». O‘z navbatida, «Barselona»ni esa u «orzu» deya ta’rifladi. Pedri uchun «Oltin to‘p» ham aynan «orzu» sifatida qabul qilinadi.

Futbolchi o‘z jamoadoshlari va ustozlari haqida quyidagicha fikr bildirdi:

  • Xans-Diter Flik: «Ota»

  • Lamin Yamal: «Yulduz»

  • Ferran Torres: «Do‘st»

  • Gavi: «Jangchi»

  • Andres Inyesta: «Eng yaxshisi»

Eslatib o‘tamiz, Pedri yakunlangan mavsumda «Barselona» bilan La Liga chempioni bo‘ldi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u Jahon chempionati uchun e’lon qilingan Ispaniya terma jamoasining yakuniy tarkibidan ham joy oldi.

Kiritildi: 11:06, 27.05.2026.
O'qildi: 446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик