Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» va «Liverpul» Dyumfris bilan aloqaga chiqdi

«Barselona» va «Liverpul» Dyumfris bilan aloqaga chiqdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi qanot himoyachisi Denzel Dyumfris yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. FCInterNews nashrining tasdiqlashicha, «Barselona» va «Liverpul» ehtimoliy transfer borasida futbolchi bilan bog‘lanishgan.

Niderlandiyalik futbolchining «Inter» bilan shartnomasida 25 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Barcha masalalar Jahon chempionatidan so‘ng hal bo‘lishi kutilmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra:

«Barselona» Jyul Kunde sotib yuborilgan taqdirda Dyumfrisni qo‘lga kiritishi mumkin.

«Liverpul» esa hozircha futbolchining holatini kuzatishda davom etmoqda.

Yakunlangan mavsumda 30 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:31, 27.05.2026.
O'qildi: 798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик