Kirish Ro'yxatdan o'tish

Denzel Dumfris Niderlandiyaning Qatardagi Jahon chempionatidan chiqib ketganini yodga oldi

Denzel Dumfris Niderlandiyaning Qatardagi Jahon chempionatidan chiqib ketganini yodga oldi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» klubi va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dumfris 2022 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Argentinadan uchragan mag‘lubiyat (2:2, penaltilar bo‘yicha 3:4) haqida fikr bildirdi.

«Albatta, buni eslash menga ham, niderlandiyalik muxlislarga ham yoqmaydi. Ammo betaraf muxlislar uchun bu ajoyib o‘yin bo‘lgan edi. Unda xuddi "amerikacha tepaliklar"dagidek voqealar rivoji kuzatildi. Yakunda Argentina g‘alaba qozondi va yangi jahon chempioni bo‘ldi. Bu biz uchun achchiq saboq bo‘ldi, lekin ayni paytda bu galgi turnirda maqsadimizga erishish uchun yigitlarga qo‘shimcha motivasiya beradi.

Men shuni tushunib yetdimki, g‘olib bo‘lish uchun qatnashish kerak. Professional sportning haqiqati shunday: agar g‘alaba qozonmasang, seni chiqarib yuborishadi. Yuklaringni yig‘ishtirib, uyingga ketishing mumkin. Bu juda qattiq dars bo‘ldi. Shuningdek, jarayondan zavq olish kerakligini ham angladim. Siz u yerda muxlislar bilan birgasiz. Barcha eng yaxshi natijaga erishmoqchi, ammo keyingi bosqichga o‘tish uchun har bir detal mukammal bo‘lishi kerak. Biz shu narsani o‘rgandik va buni o‘zimiz bilan ushbu turnirga (JCH-2026) olib boramiz», — dedi Dumfris FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 14:00, 27.05.2026.
O'qildi: 207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик