Kirish Ro'yxatdan o'tish

Glasner: «Finaldagi g‘alaba ideal gollivudcha yakun bo‘lar edi»

Glasner: «Finaldagi g‘alaba ideal gollivudcha yakun bo‘lar edi»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner klubdan ketishi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 may kuni Leypsigdagi «Red Bull Arena»da Konferensiyalar ligasi finali doirasida «Kristal Pelas» (Angliya) va «Rayo Valyekano» (Ispaniya) jamoalari to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.

«Agar men ketishimni e’lon qilganimdan so‘ng jamoa tushkunlikka tushib, harakatdan to‘xtab qolganida, o‘z ishimni mutlaqo muvaffaqiyatsiz deb hisoblagan bo‘lardim. Men yigitlarga doim bir gapni takrorlayman: "Sizlar murabbiy uchun o‘ynamaysiz". Ular o‘zlari, jamoa, muxlislar va sharafini himoya qilayotgan klub nomi uchun maydonga tushadilar. Agar Konferensiyalar ligasi kubogini qo‘lga kiritsak, bu yerda qoladigan barcha futbolchilar va muxlislarimiz uchun katta bonus bo‘ladi — jamoa kelasi mavsumda yevrokuboklarda qatnashadi. Shuning uchun ular maydonda nimaiki qilishsa, birinchi navbatda o‘zlari va klub uchun qilishadi, men uchun emas.

Finaldagi g‘alaba ideal gollivudcha yakun bo‘lgan bo‘lardi. Film ko‘rganda yoki kitob o‘qiganda doim baxtli yakunni kutasiz. Ikki yillikdan ortiq davom etgan sayohatni yana bir sovrin bilan yakunlash, ustiga-ustak bu kubok «Kristal Pelas» tarixidagi ilk yevrokubok bo‘lishi — bu shunchaki aql bovar qilmas voqea bo‘lardi», — deya Glasnerning so‘zlarini keltirdi UYEFA rasmiy sayti.

Kiritildi: 14:14, 27.05.2026.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик