Kirish Ro'yxatdan o'tish

Papa Guye JCH-2026 oldidan jamoaning asosiy maqsadi chempionlik ekanini ta’kidladi

Papa Guye JCH-2026 oldidan jamoaning asosiy maqsadi chempionlik ekanini ta’kidladi

Baho:
+ | -

Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Papa Guye JCH-2026 oldidan jamoaning asosiy maqsadi chempionlik ekanini ta’kidladi. Senegallik futbolchilar turnir oldidan mamlakat prezidenti Bassiru Diomay Fay bilan uchrashishdi.

«Prezident aytganidek, asosiysi — mamlakatni hurmat qilish va bor kuchimizni berishdir. Biz millat oldidagi missiyani bajarayotgandekmiz. Shuning uchun JCH-2026 boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz. Ha, maqsadimiz — g‘alaba qozonish va biz buni uddalaymiz.

Avvalgi Jahon chempionatida 1/8 finalga chiqqan edik, lekin hozir tajribamiz ko‘proq va tarkibimizda istiqbolli yoshlar bor. Umid qilamanki, bu bizga imkon qadar uzoqroqqa borish va g‘olib bo‘lishga yordam beradi. Shaxsiy maqsadlarim ham bor, lekin ularni sir tutaman. Eng muhimi — jamoaga yordam berish. Agar Senegal finalga chiqib, zafar quchsa va men birorta gol urmasam ham, dunyodagi eng baxtli inson bo‘laman», — dedi Guye Taggat nashriga.

Senegal terma jamoasi Jahon chempionatining «E» guruhida Fransiya, Iroq va Norvegiya bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:23, 27.05.2026.
O'qildi: 524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик