Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland oxirgi bir yil ichida 25 yoshdan oshmagan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Forbes tomonidan e’lon qilingan hisobotda aytiladi.
«Manchester Siti» hujumchisi bir yil davomida o‘z boyligini 80 million dollarga ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu mablag‘ning 60 millioni klubdagi maoshi, 20 millioni esa reklama va tijoriy faoliyatlaridan kelib tushgan. Umumiy reytingda (barcha yoshdagi sportchilar orasida) Xoland 19-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, eng boy 50 nafar sportchi qatoriga «Real Madrid» vakili Vinisius Junior ham kirdi. Uning yillik daromadi 60 million dollarni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda Holandning jamoasi Angliya Kubogi va Angliya liga Kubogida zafar quchdi, chempionatda esa ikkinchi o‘rinni egalladi. 25 yoshli futbolchining shaxsiy ko‘rsatkichlari ham yuqori: u 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













