Andoni Iraola «Milan» rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng Italiya klubida ishlashdan bosh tortdi. Rad javobiga jamoaning transferlar uchun ajratgan kamtarona byudjeti asosiy sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda Bilbao Hiria.
Manbaning ta’kidlashicha, Iraolani «Milan» taklif qilgan mablag‘ «Kristal Pelas» va’da qilgan summaning atigi uchdan bir qismini tashkil etgani hayratga solgan. Mutaxassis allaqachon bir necha haftadan beri ingliz klubi bilan muzokaralar olib bormoqda va «Selxerst Park»ni APLdagi faoliyatini davom ettirish uchun eng munosib joy deb bilmoqda.
Qayd etish joizki, Iraola bungacha «Manchester Yunayted», «Nyukasl» va «Atletik» kabi klublarning ham taklifini rad etgan edi. 43 yoshli murabbiyning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunda o‘z nihoyasiga yetadi.













