Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Batrakov «PSJ»ga o‘tishga juda yaqin

Batrakov «PSJ»ga o‘tishga juda yaqin

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakov Fransiyaning «PSJ» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli agent Timur Gurskaya «Eto futbol, brat!» ko‘rsatuvida ma’lum qildi.

E’tiborli jihati shundaki, avvalroq Gurskaya rossiyalik futbolchining Fransiya chempioni safiga o‘tishiga ishonmayotgan edi.

«Hozir hech narsani oldindan e’lon qilmoqchi emasman, vaqti kelganda aytaman. Lekin, afsuski, tez orada qora vodolazkada kechirim so‘rab chiqishimga to‘g‘ri kelishidan qo‘rqyapman. Chunki Batrakovning "PSJ"ga o‘tishi juda yaqin», — dedi agent.

Shuningdek, Gurskayaning ta’kidlashicha, «PSJ» futbolchini sotib olganidan so‘ng darhol boshqa klubga ijaraga berib yuborishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda 20 yoshli Batrakov barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:38, 27.05.2026.
O'qildi: 1012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик