«Arsenal» shu yozda Gabriel Jezus uchun 20 million funt sterling talab qilmoqchi.
The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, bir nechta klublar 29 yoshli hujumchining holati bilan qiziqqan va Angliya chempioni 18 milliondan 20 million funt sterlinggacha bo‘lgan summani aytgan.
Braziliyalik hujumchining «kanonirlar» bilan shartnomasi tugashiga yana bir yil vaqt qolgan. APLning yakunlangan mavsumida Jezus 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.













