Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Vest Xem» quyi ligaga tushgach, Aaron Van-Bissakaga xaridorlar ko‘paydi

«Vest Xem» quyi ligaga tushgach, Aaron Van-Bissakaga xaridorlar ko‘paydi

Baho:
+ | -

«Vest Xem»ning o‘ng qanot himoyachisi Aaron Van-Bissaka, jamoasi quyi ligaga tushib ketganiga qaramay, faoliyatini Premyer-ligada davom ettirishi mumkin. «Bolg‘achilar» 18-o‘rinni egallab, elitadagi o‘rnini saqlab qola olmadi.

Transfer News Live nashrining talkSPORTga tayanib xabar berishicha, «Everton» Uan-Bissakani o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishgan. «Irislar» kongolik futbolchini yozgi transferlarning asosiy nishonlaridan biri sifatida belgilab olishgan.

28 yoshli futbolchining transfer qiymati 10 million funt sterling (11,5 million yevro) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. «Manchester Yunayted» va «Kristal Pelas»ning sobiq a’zosiga, shuningdek, «Nyukasl», «Sanderlend», «Tottenxem» va «Fulxem» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 08:18, 28.05.2026.
O'qildi: 196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик