Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maurisio Pochettino Yevropaga qaytishi mumkin

Maurisio Pochettino Yevropaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ish joyini o‘zgartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mutaxassis jahon chempionati yakunlangach, hozirgi lavozimini tark etadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, yaqinda argentinalik murabbiyning xizmatlari vositachilar orqali «Milan»ga taklif qilingan. «Rossonerilar» Massimiliano Allegri bilan xayrlashgach, yangi murabbiy izlamoqda. Hozircha Italiya grandiga bu variant qanchalik qiziq ekani noma’lum.

«Milan» mavsum yakunini muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi va A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mosuvo bo‘ldi.

Maurisio Pochettino 2024 yilning sentyabridan buyon AQSH terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Bungacha u «Chelsi», «PSJ», «Tottenxem», «Sautgempton» va «Espanyol» klublarida ishlagan.

Kiritildi: 08:20, 28.05.2026.
O'qildi: 320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик